112. Al Ikhlas (Ixlos) - -=ZAMONAVIY FORUM=-
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
112. Al Ikhlas (Ixlos)
SherДата: Dushanba, 07.03.2011, 21:00 | Сообщение # 1
ADMIN
Группа: Администраторы
Сообщений: 21
Репутация: 0
Статус: Offline
IXLOS SURASI

Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U to‘rt oyatdir. Bu buyuk sura mo‘minlarga Alloh taoloni qanday tanishni va U zotga qanday ixlos-e’tiqod qilishni o‘rgatadi. Bu sura bir guruh Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga kelishib, Allohning ta’rif-tavsifini qilib berishni so‘rashganida, o‘shalarga javoban nozil bo‘lgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), ayting: «U – Alloh Birdir. (Ya’ni Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakkayu yolg‘izdir).

2. Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir).

3. U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy zotdir).

4. Va hech kim U zotga teng emasdir».

 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Бесплатный хостинг uCoz