111. Al Masadd (Masad) - -=ZAMONAVIY FORUM=-
[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
111. Al Masadd (Masad)
SherДата: Dushanba, 07.03.2011, 21:02 | Сообщение # 1
ADMIN
Группа: Администраторы
Сообщений: 21
Репутация: 0
Статус: Offline
MASAD SURASI

Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir. Bu surada garchi o‘zi payg‘ambar alayhis-salomga amaki bo‘lsa ham, payg‘ambarimizga haddan tashqari aziyyatlar yetkazgan «Abu Lahab - do‘zax o‘tining otasi» degan laqabga ega bo‘lgan bir ashaddiy kofir va kufrda undan qolishmaydigan uning xotini haqida so‘z yuritiladi. Sura «Masad — Pishiq tola» deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Abu Lahabning qo‘llari qurigay — halok bo‘lgay! (Aniqki) u quridi – halok bo‘ldi!

2. Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo‘q!

3-4-5. Yaqinda u va uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo‘lgan xotini (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!

I z o h. Abu Lahabning xotini Ummi Jamil doimo kishilarni payg‘ambar alayhis-salomga qarshi gij-gijlab, ularning o‘rtasida adovat o‘tini yoqib yurgani sababli, Qur’on uni «o‘tin orqalagan» deb sifatladi va do‘zaxga ham eri bilan birga xuddi o‘sha holida kirishi haqida xabar berdi.

 
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Бесплатный хостинг uCoz