Qalb siqilish va nafs kasallliklariga davosini ulamolarimiz bunday tushuntiradilar: 1. Hidoyat va tavhid, chunki zalolat va shirk qalb torligini keltirib chiqaradi.
2. Alloh bandasining qalbiga solib qo’yadigan haqiqiy nuri imon va amali solih.
3. Foydali ilm, zero, kishining ilmi ko’paygan sayin qalbi ochiladi va kengayadi.
4. Parvardigorga bo’lgan inobat (tavba bilan yuzlanish) va umid, butun qalbi ila Unga muhabbat, yaqinlashuv va Unga ibodat ila rohatlanish.
5. Barcha holat va vaziyatlarda doimiy ravishda Allohni zikr qilish. Qalbning ochilishi, uning mutmain (xotirjam) hamda g’am qaygudan xalos bo’lishida zikrning ahamiyati juda katta.
6. Odamlarga barcha yo’llar bilan yaxshilik qilish. Zero, muhsinlarning ulug’I insonlarning qalbini ochganlar va ko’ngillarga huzur bag’ishlaganlardir.
7. shijoat. Shijoat dilni oluvchi va qalbni kengaytiruvchi vosita hisoblanadi.
8. siqilish va azobni paydo qiladigan g’azab, nafrat, adovat, yomon ko’rish, nohaqlik kabi illatlarni qalbdan quvish.
9. Noo’rin narsalarga qarash, nojoiz narsalarni eshitish, ko’p gapirish, ko’p yeyish va ko’p uxlashni tark qilish.
10. Foydali ilm va amallar bilan mashg’ul bo’lish. Chunki ular qalbni zararli narsalardan to’sadi.
11. Kundalik amallarga ahamiyat berish, kelgusidagi ishlarga qayg’urmaslik, ba, mo’min bandada dini va dunyosiga foyda beradigan ammallarga tirishadi va Rabbidan maqsadning muvaffaqiyatini so’raydi.
12. Kafforat berish yoki boshqa yo’llar bilan qaytarib bo’lmaydigan amallardan saqlanish.
13. Agara bandaga baxtsizlik kelsa, uni daf etishga harakat qilish. Bu ish bandaga vojibdir.
14. Qalbning quvvatini ketkizuvchi va bezovtalikni, yomon fikrlarni keltirib chiqaruvchi vahima, hayol, hayajon va g’azablarga barham berish.